Umar Eshmurodov: "O'ng qanot himoyachimiz Mannonov "Paxtakor"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda debyut qildi"

Tolibjon Qosimov
6 apr 2019, 16:28
Kecha Superliga 3-turi doirasida "Paxtakor" jamoasi "Nasaf"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvdan so'ng qarshiliklar sardori Umar Eshmurodovning fikrlari bilan qiziqdik.

"O'yin teng bo'ldi. "Paxtakor" kuchli jamoa, ammo biz ham ulardan qolishmadik. Oxirigacha kurashdik, balki imkoniyatdan foydalanganimizda yutib ketarmidik.

- "Nasaf" yosh tarkibi bilan kuchli jamoaga qarshi munosib o'ynadi. Shu tempni mavsum oxirigacha ushlab qola oladimi?

- Tarkibimizda hali ko'p yoshlar bor. Maydonga tushmagan o'yinchilar ham ko'p. Ular bilan birga mavsum oxirigacha tempni ushlab tura olamiz.


- Humoyun Murtazoev birga bir vaziyatda gol urganida o'yin boshqacha kechishi mumkin edi. Kiyinish xonasida unga etiroz bo'ldimi? 

- Yo'q, bu o'yin. Gol ura olmasligi yoki gol urishi mumkin. Aksincha yigitlar uni qo'llab-quvvatladi. U hujumchi, gol urishi kerak. Jamoa yutqazgani uchun xafa bo'lishi tabiiy. 


- "Nasaf" tarkibidagi kimlarni alohida ko'rsata olasiz? 

- Islom Kenjaboev, Oybek Bozorov, Dilshod Saitov. Bugun debyut qilgan Jo'rabek Mannonov. U Superligada asosiy tarkibdagi birinchi o'yinini "Paxtakor"ga qarshi o'tkazdi.


Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia