Ulug'bek Mirzaev Bunyodkorni qo'llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildirdi

Narzulla Saydullayev
2 dek 2019, 19:02
Xabaringiz bor, Coca Cola Superliganing 2019 yilgi mavsumidagi so'nggi Bunyodkor - So'g'diyona uchrashuvidan keyin qaldirg'ochlar Osiyo Chempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Oxirgi bor 2017 yil Chempionlar Ligasida ishtirok etgan Bunyodkor 2020 yil yana xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qiladi.

So'g'diyonaga qarshi o'yindan keyin Bunyodkor futbol klubi Bosh direktori Ulug'bek Mirzaev barchaga, jumladan, klub prezidenti Ashurov Ulug'bek Murodilloevichga, jamoaning bosh homiysi Uztransgaz kompaniyasiga, tijoriy hamkorlarga o'z minnatdorchiligini bildirdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com