

O'zbekiston terma jamoasi ushbu yig'in doirasida Rossiya premer ligasi ishtirokchisi hisoblangan "Ufa" klubiga qarshi o'tkazadi.
Bu haqda "Ufa" klubi bosh direktori Shamil Gazizov aytib o'tdi.
"Avstriya yig'inida biz uchta o'yin o'tkazamiz. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasi va Germaniyaning "Verder" klubi bilan bahslar bor bo'lishi kerak. "Lacio" bilan ham o'ynamoqchi edik, ammo ular rozi bo'lishmadi. Hozircha o'yinlarning aniq sanasini bilmayman", - deydi Gazizov.
Ma'lumot uchun, "Ufa" safida Marsino, Diego Karlos Oliveyra va Silvestr Igbun kabi legionerlar to'p tepishmoqda. O'tgan mavsumda klub Rossiya premer ligasida 12-o'rinni band etgandi.



