Ueyn Runi: “MYUga o'tganimda eng yaxshi to'purar bo'laman, deb o'ylamaganman”

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2017, 23:06
“Manchester Yunayted” hujumchisi Ueyn Runi “Stok Siti” (1:1)ga qarshi bellashuvdan keyin o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bugungi golim men uchun o'ta muhim va men bu bilan faxrlanaman. Albatta o'yindagi natijadan qoniqmadim. Lekin eng yaxshi to'purar bo'lish katta hurmatga loyiq.

MYUga o'tgan vaqtim bu qadar yuksak natijaga erishaman, deb o'ylamaganman.  Ushbu jamoada har doim top futbolchilar to'p tepganlar. Bu jamoaning eng yaxshi to'purari bo'lish - katta sharaf.

Bugungi ochko mavsum yakunida muhim rol o'ynashi mumkin. Mag'lub bo'lmaganimiz meni xursand etdi. Oldinda hali uzoq yo'l bor. Unda hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. Biz ochko yig'ishda davom etishimiz kerak”, deydi Runi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ВВС