
Turkiya bilan bo'ladigan o'yinda Robben va van Persisiz ham kerakli natijaga erishimiz mumkin. Lekin bu ikkala futbolchining yo'qligi terma jamoa uchun yo'qotish hisoblanishi aniq. Aren Robben jahonning eng kuchli futbolchilaridan biri sanaladi. Uning yo'qligi bilinishi tabiiy. Vlarning jarohati esa vaziyatni yanada chigallashtiradi. Lekin Gollandiya hozirgi tarkibi bilan ham Turkiyani mag'lub etishi kerak. E'tiborimizni Turkiya bilan bo'ladigan bahsga qaratishimiz zarur. Men, Xuntelaar va de Yong yosh futbolchilar bilan gaplashib olib, ular bizga ishonishlari mumkinligini aytamiz. Mas'uliyatni to'liq his etish lozim. Ammo bu bizga ortiqcha bosim yuklamaydi.