UEFA saytidagi muammolar tufayli muxlislar Evro-2024ga chipta sotib ololmayapti

Omonjon To`xtamirzayev
3 may 2024, 14:00
Muxlislar UEFA rasmiy veb-sayti bilan yuzaga kelgan muammodan g'azabda.

Ular Evro-2024 uchrashuvlari uchun chiptalarni sotib ololmayapti.

Bugun UEFA Germaniyada o'tishi rejalashtirilgan musobaqaning oxirgi 100 mingta chiptasini sotuvga chiqargandi. Biroq saytga bir vaqtning o'zida juda ko'p odam kirgani tufayli, texnik muammolar yuzaga kelgan va bu saytning faoliyatiga salbiy ta’sir ko'rsatgan. Muxlislarning aksariyati onlayn-navbatda soatlab qolib ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Sun