UEFA Rossiya yoshlar terma jamoasi bilan o'ynashdan bosh tortgan mamlakatlarga boykot e'lon qilmoqchi

Nozimov Nig'monxo'ja
2 okt 2023, 09:36
UEFA Rossiya yoshlar terma jamoasi bilan xalqaro turnirlarda o'ynashdan bosh tortgan mamlakatlarning boykotlarini bostirish niyatida.

Sky Sports xabariga ko'ra, tashkilot boykot e'lon qilmoqchi bo'lgan mamlakatlarning o'ziga boykot e'lon qilish niyatida. 

Eslatib o'tamiz, UEFA 26 sentyabr kuni Rossiya U-17 terma jamoalariga Xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat bergandi. Rossiya jamoalarining barcha o'yinlari Rossiya hududida o'tkazilmasligi, davlat bayrog'i, madhiyasi, milliy o'yin formasisiz o'tkazilishi kerakligi e'lon qilingandi. 

Futbol tashkilotining ushbu qaroridan so'ng, o'nga yaqin davlat Rossiya terma jamoalari bilan o'ynamasliklarini e'lon qilgan.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com