UEFA Yevropa ligasining o'tgan mavsumida eng yaxshi futbolchi bo'lish uchun uch nafar nomzodni ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
9 avg 2018, 20:56
UEFA matbuot xizmati Yevropa ligasining o'tgan 2017/18 yilgi mavsumida eng yaxshi futbolchi bo'lishi uchun uch nafar da'vogar nomini ma'lum qildi.

Individual sovringa ega chiqish uchun, turnir finali qahramonlari tanlab olindi: himoyachi Diego Godin ("Atletiko"), yarim himoyachi Dimitri Payet ("Marsel") va hujumchi Antuan Grizmann ("Atletiko").

Ushbu sovrin g'olibi 31 avgust kuni e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com