

Xabar qilinishicha, UEFA ushbu ish orqali yevropalik muxlislarga koronavirus pandemiyasi davrida qita futbolini qo'llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildiradi. Shuningdek, UEFA tasnifidagi boshqa turnirlar finalchilarining muxlislari o'rtasida ham bepul chiptalar tarqatilishi qayd etilgan. Yevropa ligasida 8000 dona chipta (har bir klubga 4000 chipta), Konferenciya ligasi uchun 6000 chipta (har bir klubga 3000 chipta), Ayollar o'rtasidagi Chempionlar ligasi uchun 6000 dona chipta (har bir klubga 3000 chipta) tarqatiladi.
Eslatib o'tamiz, 2022 yilgi Chempionlar ligasining finali 28 may kuni Sankt-Peterburgda bo'lib o'tadi.



