Uch nafar yulduz hujumchi "Real" transfer maqsadlari ro'yxatiga kiritildi

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2021, 21:59
"Real Madrid" 2021 yilning yozida hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi, deya xabar berdi Ok Diario.

Manbaga ko'ra, qirollik klubi bugungi kunda hujumchi poziciyasiga uchta nomzodni ko'rib chiqmoqda.

Asosiy variant – PSJ hujumchisi Kilian Mbappe, muqobil variant – "Borussiya Dortmund" a'zosi Erling Xoland, zaxira varianti esa – "Tottenxem" vakili Son Xyon Min.

Fransiyalikning transfer narxi 180 million evroga, norvegiyalikniki 100 millionga, koreyalik o'yinchiniki esa 90 millionga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ok Diario