Uan-Bissaka "Arsenal"ga qarshi o'yinda qatnashmaydimi?

Sherzod Nurmatov
2 dek 2021
Xabaringiz bor, bugun "Manchester Yunayted" APL 14-turi doirasida "Arsenal"ga qarshi bahs olib boradi.

Bugun tarmoqlarda  "Hyatt" mehmonhonasiga kirib ketayotgan MYU futbolchilari surati tarqaldi. Ular orasida Uan-Bissaka ko'rinmagan. U takribga keyinroq qo'shilganmi yoki bahsni o'tkazib yuboradimi, hozircha noma'lum.

Kameralar obektiviga tushgan o'yinchilar: De Xea, Xiton, Xenderson, Bayi, Dalot, Jons, Lindelyof, Maguayr, Telles, Brunu Fernandesh, Fred, Mata, Maktominey, Van de Bek, Amad, Grinvud, Lingard, Marsyal, Reshford, Krishtianu Ronaldu, Sancho.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: utdreport