U-23 Osiyo chempionatiga qur'a tashlandi. Raqiblar Xitoy, Qatar va Ummon

Narzulla Saydullayev
24 okt 2017, 14:05
Bugun keyingi yil yanvar oyida bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionatiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Bugun mazkur musobaqa uchun qur'a tashlash marosimi o'tkazildi. Unga ko'ra Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi A guruhidan joy oldi. Ushbu guruhda mezbon Xitoydan tashqari Qatar va Ummon jamoalari ham bor.

Eslatib o'tamiz, U-23 Osiyo chempionati 2018 yilning 9-27 yanvar kunlari Xitoyda bo'lib o'tadi. "A" guruhi o'yinlari Xitoyning Changzou (Changzhou) shahrida bo'lib o'tadi.

"A" guruhi - Xitoy, Qatar, O'zbekiston, Ummon
"B" guruhi - Yaponiya, KXDR, Tailand, Falastin
"C" guruhi - Iroq, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Malayziya
"D" guruhi - Janubiy Koreya, Avstraliya, Suriya, Vetnam


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia