U-23 Osiyo chempionatiga oid qiziqarli ma'lumotlar

Xayrulla Xoliqov
21 dek 2017, 13:45
2018 yilning 9-27 yanvar kunlari Xitoyda U-23 Osiyo chempionati musobaqasi bo'lib o'tadi.

Mazkur musobaqa bu yil uchinchi marta tashkil etiladi. O'zbekiston U-23 terma jamoasi bungacha ikkala turnirda ham ishtirok etgan, biroq ikkalasida ham muvaffaqiyatli o'ynay olmagan. Hozirda Ravshan Haydarov boshchiligidagi futbolchilarimiz uchinchi bor qatnashish uchun tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Quyida U-23 Osiyo chempionatiga oid bazi qiziqarli ma'lumotlarni keltirib o'tamiz.

- Bungacha ushbu musobaqada 64ta o'yin o'tkazilgan bo'lib, jami 176ta gol urilgan. 2014 yil - 73ta, 2016 yil - 103ta.

- Osiyo chempionati to'purari qatarlik Ahmad Alaa hisoblanadi. Uning hisobida oltita gol bor.

- Eng ko'p gol urgan jamoa esa Yaponiya (15ta gol).

- Iroq va Janubiy Koreya har ikkala musobaqaning yarim finallarida ishtirok etgan. Iroq 2014 yil chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lsa, Janubiy Koreya 2016 yil finalda Yaponiyaga 2:3 hisobida mag'lub bo'lgan.

- 2016 yilgi Qatar va Janubiy Koreya o'rtasidagi yarim final uchrashuviga eng ko'p muxlis tashrif buyurgan - 11 840 nafar.

- 19ta jamoa avvalgi ikkala musobaqada ham ishtirok etgan. Xitoydagi Osiyo chempionatida Malayziya va Falastin o'z debyutlarini nishonlashadi.

- Uchinchi musobaqa mezboni Xitoy avvalgi ikkita turnirda qatnashgan va oltita uchrashuv o'tkazib hammasida mag'lub bo'lgan.

- Dostonbek Hamdamov eng tezgor gol muallifi hisoblanadi. U 2016 yilgi musobaqada Iroq darvozasini birinchi daqiqadayoq ishg'ol qilgan.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia