

Esingizda bo'lsa, shu yilning 9 iyul kuni 2022 yil O'zbekiston mezbonlik qiladigan U-23 Osiyo chempionati saralash uchrashuvlariga qur'a tashlangandi. Qur'a natijalariga ko'ra, 42ta jamoa 11ta guruhga bo'lingan.
Lekin KXDR termasi saralash o'yinlarida qatnashishdan bosh tortgani uchun bugun boshqatdan qur'a marosimi o'tkazildi. Unga ko'ra, KXDR o'rnini Gongong U-23 terma jamoasi egalladi. Endilikda Yaponiya va Kambodja bilan Gonkong bahs olib boradi.
O'zbekiston U-23 terma jamoasi saralash bosqichida konkursdan tashqari qatnashadi. Saralash bellashuvlari shu yilning oktyabr oyida bo'lib o'tadi. O'zbekiston U-23 "D" guruhida joy olgan bo'lib, o'z o'yinlarini Saudiya Arabistoni, Bangladesh va Quvaytga qarshi o'tkazadi. Bizning guruh uchrashuvlariga Quvayt mezbonlik qiladi.




