U-20 JCH. Nigeriya sardori mavjud bo'lmagan klub a'zosi sifatida FIFA ro'yxatidan o'tgan

Оқил Абдубарноев
27 may 2023, 17:47
Nigeriya yoshlar terma jamoasi sardori Daniel Bameyi U-20 jahon chempionatida ishtirok etish uchun mavjud bo'lmagan klub futbolchisi sifatida FIFA ro'yxatidan o'tgan.

"Bameyi "Yum-Yum" FK klubi a'zosida sifatida ro'yxatdan o'tgan. Biroq bunday klub mavjud emasligi haqida malmuotlar bor", deb yozgan amerikalik jurnalist Brayan Skiretta.

O'ng qanot himoyachisi Dominikan Respublikasi (2:1) va Italiya (2:0)ga qarshi o'yinlarda maydonga tushgan. Afrikaliklar guruhdagi oxirgi uchrashuvini Braziliyaga qarshi o'tkazadi.

Own Goal Nigeria xabariga ko'ra, 17 yoshli o'yinchi o'z federatsiyasi tomonidan Nigeriyaning "Yum-Yum" klubi futbolchisi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Surishtiruvlarga ko'ra, ushbu klubni Abujada deb aytishgan, ammo ushbu shaharda hech qanaqasiga bunday klub mavjud emasligi ma'lum bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, afrikliklar ayni damda o'z guruhida 6 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. Agarda jamoa oxirgi turda yutqazmasa, 1-o'rin bilan 1/8 finalga yo'l oladi. Ushbu bosqichda ham g'alaba qozongan taqdirda chorak finalda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan to'qnash kelishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Infobae