U-19 yoshlar o'rtasidagi OCH o'yinlari boshlanish vaqtlari va sanasi tasdiqlandi

Narzulla Saydullayev
30 iyul 2014, 16:04
OFK shu yilning 9-23 oktyabr kunlari Myanmada bo'lib o'tdagigan U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo Chempionati o'yinlari boshlanish vaqtlari va sanasini tasdiqladi.
Unga ko'ra, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Osiyo Chempionati guruh bosqichi 1-tur o'yinida Indoneziya yoshlariga qarshi maydonga tushadi.

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 9-23 oktyabr kunlari Myanmada o'tkaziladigan U-19 OCH final bosqichi guruh o'yinlarini Yangon shahridagi stadionda o'tkazadi. Musobaqaning V guruhidan joy olgan O'zbekiston U-19 yoshlari ilk turda 10 oktyabr kuni Indoneziyaga qarshi o'ynasa, 2-tur o'yinida BAA, 3-tur o'yinida esa Avstraliyaga qarshi maydonga tushadilar.

U-19 Osiyo Chempionati.
 Myanma. 9-23 oktyabr.
 V guruhi.
 1-tur. 10 oktyabr
O'zbekiston - Indoneziya (soat 14:00)
 Avstarliya - BAA

2-tur. 12 oktyabr
BAA - O'zbekiston (soat 17:00)
 Indoneziya - Avstraliya

3-tur. 14 oktyabr
O'zbekiston - Avstraliya (17:00)
 BAA - Indoneziya

*O'yinlarning boshlanish vaqti Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com