U-19 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik davom etmoqda

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2020
Xabaringiz bor, joriy yilning 14-31 oktyabr kunlari bo'lib o'tadigan U-19 Osiyo chempionatiga mamlakatimiz mezbonlik qiladi.

Pandemiya sabab OFK komissiyasi va Tashkiliy qo'mita o'z ishini masofadan davom ettiryapti.

Shu sababli, musobaqani qabul qiladigan stadionlar, zahira maydonlari va boshqa inshootlar hamda amalga oshilayotgan ishlar bo'yicha inspeksiya ishlari onlayn tarzda amalga oshirilmoqda.

Ayni kunlarda OFK inspeksiyasi vakillarining talabiga muvofiq "Bunyodkor", "Lokomotiv", OKMK va "Navbahor" Markaziy stadioni haqida video instrukciyasi tayyorlanyapti.

Shuningdek, bajarish lozim bo'lgan vazifalar bo'yicha O'FA mutaxassislari OFK vakillari bilan onlayn tarzda muloqot olib bormoqda. Har bir yo'nalish bo'yicha onlayn yig'ilishlar o'tkazilmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz