U-19 Osiyo chempionati. Bugun O'zbekiston Eron bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
24 okt 2016, 08:00
Bugun O'zbekiston yoshlar terma jamoasi U-19 Osiyo chempionati chorak finali doirasidagi uchrashuvni o'tkazadi.
Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-19 guruh bosqichida 2 g'alaba va 1 durangga erishishdi. Eron esa o'z guruhida 1 g'alaba va 2 durang qayd etdi. Bugungi uchrashuv g'olibi yarim finalga chiqish bilan birgalikda keyingi yil Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan U-20 Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

O'zbekiston va Eron o'rtasidagi bahs bugun, 24 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:15da boshlanadi. Bugun shuningdek Yaponiya va Tojikiston o'rtasidagi chorak final bahsi ham bo'lib o'tadi.

Chorak final

24 oktyabr
18:15 - Yaponiya - Tojikiston
21:15 - O'zbekiston - Eron

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia