U-19 Yevropa chempionati. Barcha yarim finalchilar ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
22 iyul 2019, 00:30
Armanistonda 18 bora o'tkazilayotgan 19 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Yevropa chempionatining barcha yarim finalchilari ma'lum bo'ldi.

A guruhidan Portugaliya hamda Ispaniya, B kvartetidan esa Fransiya va Irlandiya termalari keyingi bosqich masalasini ijobiy hal etishdi. 

Bo'lajak kichik mundialning mezboni esa joriy yilning 23 oktyabrida ma'lum bo'ladi.

Demak, 24 iyul kuni bo'lib o'tadigan 1/2 final juftliklari quyidagicha ko'rinish oldi:

Portugaliya – Irlandiya

Fransiya – Ispaniya

Musobaqaning hal qiluvchi bahsi 27 iyulda o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia