U-17 jahon chempionatida Osiyodan hech kim qolmadi

Xayrulla Xoliqov
11 noya 2019, 13:39
Braziliyada bo'lib o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida 1/4 final o'yinlariga start berildi.

Xabaringiz bor, ushbu musobaqada Osiyodan to'rtta jamoa ishtirok etdi: Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Tojikiston. Tojikiston guruhdan chiqa olmagan bo'lsa, Avstraliya 1/16 finalda Fransiyaga 0:4, Yaponiya Meksikaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan holda musobaqa bilan xayrlashdi. 

Janubiy Koreya esa avvalgi bosqichda Angola o'smirlar termasini 1:0 hisobida mag'lub etib chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritgandi. Biroq navbatdagi o'yinda koreyaliklardan omad yuz o'girdi. Meksika bilan kechgan bahsda Janubiy Koreya U-17 terma jamoasi 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchrab musobaqani tark etdi va shu tariqa o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida OFKdan hech kim qolmadi. 

1/4 final o'yinlari: 

Gollandiya - Paragvay 4:1

Janubiy Koreya - Meksika 0:1

Ispaniya - Fransiya (12 noyabr)

Italiya - Braziliya (12 noyabr)

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia