Tyago Alkantara: Men Gvardiolaning o'yin falfasiga muxlisiman

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2013, 20:00
Alkantara “Barselona”dan Germaniya chempionlariga safiga ko'chib o'tdi.
Norasmiy ma'lumotlarga qaraganda Tyagoda “Manchester Yunayted”ga o'tish imkoniyati ham bo'lgan, lekin u “Bavariya”ni tanladi.

“Bu jamoa boy tarixga ega, ko'p yillardan beri dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri bo'lib kelmoqda. Jamoa juda qiziqarli futbol namoyish qiladi. Gvardiolaning bosh murabbiy bo'lib kelishi men uchun ham turtki bo'ldi”, - deydi Alkantara.

“Biz murabbiy bilan bir birimizni ko'pdan beri yaxshi bilamiz shuning uchun ham men unga to'liq ishonaman. Men uni o'yin falfasining katta muxlisiman. Dunyoda uning darajasidagi murabbiylar ko'p emas”.

“Men shunchaki baxtiyorman! Agar hayotingda o'zingni eng baxtiyor his qiladigan kun bo'lsa bu kun aynan bugundir. Men “Bavariya”dek buyuk jamoaning bir bo'lagi ekanligimdan xursandman”, - deb yozadi “Bavariya” rasmiy sayti.

22 yoshli yarim himoyachi Myunxen xaqida boshqa bir ispaniyalik legioner jamoadoshi Xavi Martinesdan bilib olibdi.

“U menga yangi jamoam haqida yaxshi gaplarni gapirib berdi. Myunxen ajoyib atmosferasi bilan chiroyli shahardir, futbolni juda yaxshi ko'rishadi. Men ko'p o'yinlarda ishtirok etishimga umid qilaman va o'tgan yilgi muvaffaqiyatlarimizni takrorlashimiz mumkin”.

eurosport.ru saytidan Javlonbek Yusupov tarjima qildi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia