Tuxelning yordamchisi: "JCH finaliga chiqish "Chelsi" uchun muhim. Biz xech qachon bu musobaqani yutmaganmiz"

Aziz Tukhtamuradov
10 fev 2022, 09:21
"Chelsi"da yordamchi murabbiy sifatida ishlayotgan Jolt Lev "Al Hilol"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Biz qattiq ishladik, ammo erkinlik va ritm yetishmadi. O'yinning boshi biroz asabiy kechdi. Bizda oddiy harakatlar ham ko'ngildagidek chiqmadi. 

Ushbu musobaqa finaliga chiqish - klub uchun muhim. Biz xech qachon klublar o'rtasidagi JCHda g'olib chiqmaganmiz. Shuning uchun ham futbolchilar bosimni his qilishdi. Ammo ular yaxshi harakat qilib, gol o'tkazmay o'yinni tugatishdi. Bizda ikkinchi golni urishga ham imkoniyatlar bo'lgandi.

Tanaffusda Tomas bilan gaplashdik. U asabiylashayotganimiz va oddiy vaziyatlarda to'p yo'qotayotganimizni aytdi. 

Umid qilamizki, u tezroq safimizga qaytadi. Biz uni kutyapmiz. Ishonamanki, u finalgacha uchib keladi", - dedi Lev. 

Eslatib o'tamiz, Tomas Tuxel koronavirusga musbat test topshirgani uchun ayni paytda klub bilan birga emas.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: chelseafc.com