

"Poygani davom ettiramiz, ishonchni yo'qotmaymiz va to'xtamaymiz. Balki bunday holatga, balki, Bundesligada ham duch kelgandirman. Ammo bizda hali imkoniyatlar etarlicha.
Haqiqatga tik qarash kerak. Orzu qilish kerak emas, barchasiga real qarashni bilish lozim. Bu hayotning yaxshilanishiga yordam beradi.
2021 yil natijalariga e'tibor beradigan bo'lsak, "Man Siti" va "Liverpul" bizni 20 ochkoga ortda qoldirib ketgan. Bu kurashda ularni quvlab yuribmiz, ammo oramizda juda katta masofa bor - ochko to'plashda ham, gollar urishda ham.
Bu borada "Chelsi"ga kelgan paytimda ham aytganman. Balki farqni tezda qisqartirib olarmiz. Buni boshidanoq istaganmiz.
Balki "Manchester Siti"ga yetib olish uchun bir mavsum kamlik qilar. Chunki ular o'sishdan to'xtamayapti", - dedi Tuxel.



