Tuxel Kurzavaning "Arsenal"ga o'tayotganini rad qildi

18 yanv 2020, 22:36
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa himoyachisi Leyvin Kurzavaning London klubi safiga qo'shilayotganini tasdiqlamadi.

"Kurzava PSJga kerak. Men uning ketishi haqida hech kim bilan gaplashganim yo'q. U so'nggi paytlarda yaxshi o'ynayapti", - dedi germaniyalik mutaxassis.

Avvalroq 27 yoshli futbolchining "to'pchilar" bilan kelishuvga erishgani haqida ma'lum qilingandi.

Ma'lumot uchun, Kurzava parijliklar safiga 2015 yilda "Monako"dan, 25 mln evro evaziga kelib qo'shilgandi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports