Tuxel: “Ayni vaqt chempionlik haqida o'ylashdan mano yo'q”

Eldor Akmurzayev
5 dek 2021, 08:25
“Aristokratlar” ustozi Tomas Tuxel APL 15-turida “Vest Xem”ga uchralgan mag'lubiyatdan keyin o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Bugungi o'yinimiz “Manchester Yunayted”ga qarshi bahsdan farq qilmadi. G'alaba qozonish uchun etarli darajada o'ynadik, ammo kutilmaganda oson  o'tkazib yuborilgan gollar kerakli natijaga erishishimizga imkon bermadi. MYU va “Uotford”ni qo'shib hisoblasak, mana uch o'yindirki jiddiy xatolarga yo'l qo'ymoqdamiz. Yuqori darajadagi musobaqada bunday kamchiliklar bilan ijobiy natijaga erishish mushkul.

Natijalarimizni charchaganimiz bilan oqlay olmaymiz. APLdagi qishki davrda bu holat har qanday klub uchun odatiydir. Agar o'z maydonchamizda to'pni “Vest Xem” kabi jamoalarga sovg'a qilsak, bu albatta muammolarni keltirib chiqaradi. Buni tushunish qiyin emas.

Ayni vaqt chempionlik haqida o'ylashdan mano yo'q. E'tiborni keyingi o'yinda qaratishimiz kerak”, deydi nemis mutaxassisi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: chelseafc.com