Turkiya Superligasi. Yetakchilar to'qnashuvi yoxud 4-tur prevyusi

Narzulla Saydullayev
13 sen 2019, 12:52
Bugun, Turkiya chempionatida 4-tur o'yinlari start oladi

"Galatasaroy" "Qosimposho"ni sinovdan o'tkazadi

Kutilmaganda, "Galatasaroy" mavsumni sust boshladi. Jamoa uch o'yinda g'alaba qozondi, durang qayd etdi va mag'lubiyat alamini ham totib ko'rdi. Mehmonlar ikki marta yutqazib, bir marta sulhga rozi bo'lishgan.

Uchrashuvda, shonli tarixga ega bo'lgan jamoa autsayderni mag'lub etishda ortiqcha qiyinchilikka duch kelmasa kerak. Sababi, tarkibning har bir chizig'ida bittadan Yevropa darajasidagi fut bolchilar bor: darvozabon Fernando Muslera, himoyachi Yuto Nagatomo, vinger Sofian Feguli, "uchar gollandlar" forvardi Rayan Babel.



"Sivasspor" Istanbulda mehmon bo'ladi


O'tgan mavsumning kashfiyotiga aylanib, chempionlik uchun kurashgan biroq yakunda 2-o'rinni egallagan "Istanbul Bashakshexir" jamoasi musobaqani yirik mag'lubiyat bilan boshladi. Ular 7-pog'onada borayotgan "Sivasspor"ni engishga harakat qilib ko'rishadi.



"Antalyaspor" "Qaysarispor"ga qarshi

Ohirgi mavsumlarda saviyali o'yinchilar hisobiga shakllangan "Antalyaspor" klubi turnir jadvalining deyarli ekvatorida va jamoa joriy musobaqani ham chakki boshlamadi. Oldingi turda o'z uyida amaldagi chempionga imkoniyatni boy bergan "Qaysarispor" o'yinga faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushadi.



Bir xil ochkoga ega jamoalar to'qnashuvi

Bronza medali sovrindori bo'lgan "Beshiktosh" hozirda 4 ochko jamg'argan va ular safarda aynan shuncha ochko bilan o'zlaridan ikki pog'ona pastda joylashgan "Gaziantep" bilan o'ynashadi.



"Rizespor" "Gyoztepe"ni qabul qiladi

Hozircha, evrokuboglarga yollanma beruvchi o'rindagi "Rizespor", quyi pog'onalarning birini band etib turgan "Gyoztepe"ni mehmon qiladi. 3-tur doirasida, ikkala jamoa ham raqiblari bilan durangga rozi bo'lishgan.



Anqaraliklar va "sensaciyachi" jamoa bellashuvi

"Malatyaspor" oldingi mavsumda bir qator kutilmagan natijalarni qayd etish barobarida, yakunda 5-o'rinni band etdi. Ushbu jamoa endi Anqara shahrida "Anqaragyujyu" mehmoni bo'ladi. U yerdan hali hech kim osonlikcha ochko olib qaytmagan.



Yaqqol autsayder Trabzonga keladi

O'tgan turda "Fenerbaxche" bilan durangga imzo chekkan "Trabzonspor" o'tkazilgan uchchala bahsda ham mag'lubiyatga uchragan va so'nggi pog'onaga mihlangan "Genchlerbirligi"ni o'z maydonida qabul qiladi. Bu o'yinda debyutantga qiyin bo'lishi aniq. Sababi, trabzonliklar hujum chizig'i uzoq yillar davomida "Liverpul"da to'p surgan va muhlislar mehrini qozongan tajribali forvard Daniel Starrij hisobiga kuchaygan.



Ajoyib qarama-qarshilik

Joriy mavsumda Super-ligaga qaytgan "Denizlispor" juda yaxshi start oldi. Klub uchta o'yinda ikki g'alaba va bitta durang qayd etgan. To'plar nisbati ham alo darajada: 4-0. Hozircha, faqatgina durangga rozi bo'layotgan yagona jamoa "Konyaspor" debyutantni engishga harakat qilib ko'radi.



Yetakchilar o'rtasidagi jang

Turning markaziy o'yinida, "Alanyaspor" va "Fenerbaxche" uchrashishadi. Ushbu o'yinni Turkiya mahalliy chempionatiga befarq bo'lmagan muhlislar sabrsizlik bilan kutishmoqda. Chunki, ayni paytda turnir jadvalida yuqori ikki o'rinni egallab turgan jamoalar o'zaro murosasiz bahs olib borishadi. Erol Bulut boshqaruvidagi jamoa safida bir paytlar "Nyukasl" klubida chiroyli gollar kiritgan hujumchi Papiss Sisse bor. "Fenerbaxche" ham joriy yozda tarkibini ancha kuchaytirib olgan. "Chelsi"dan Viktor Mozes ijaraga olingan. Shuningdek, o'tgan mavsum "Verder" sardori bo'lgan va Bundesligada 11 ta gol urishga erishgan Maks Kruze sotib olindi.



Xondamir Hakimov tayyorladi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia