Turkiya Superkubogi. "Fenerbaxche" futbolchilari "Galatasaroy"ga qarshi o'yinning boshida maydonni tark etishdi va o'yinni oxiriga etkazishdan bosh tortishdi

Alisher
7 apr 2024, 23:55
"Galatasaroy" va "Fenerbaxche" jamoalari o'rtasidagi Turkiya Superkubogi o'yini bir necha daqiqa davom etdi.

"Fenerbaxche" o'yinga U19 jamoasini qo'ydi. Ilk daqiqadayoq "Galasataroy" forvardi Mauro Ikardi to'p kiritdi.

Shundan so'ng "Fenerbaxche" futbolchilari maydonni tark etishdi, klub esa o'yinni oxiriga etkazmasliklarini ma'lum qilishdi.


"Galatasaroy" – "Fenerbaxche" 1:0

Gol: 1:0 – 1 Ikardi.

"Galatasaroy": Muslera, Ayxan, Bardakji, Nelsson, Ken, Torreyra, Kutlu, Aktyurkoglu, Yilmaz, Mertens, Ikardi.

"Fenerbaxche": Akyuz, Akchichek, Karayazi, Okan, Imre, Dursun, Arkutchu, Akyildiz, Fedai, Kayaarasi, Demirel.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia