Ture: "Aguero jahonning eng yaxshi hujumchilaridan ekanligini isbotladi"

Aslanov Jasurbek
7 mar 2017, 18:14
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Yaya Ture hujumchi Serxi Agueroni qo'llab-quvvatladi.

"Serxio bir qancha vaqt davomida yaxshi formada bo'ldi. Keyin pasayish kuzatildi. Bazilar bu Aguero uchun yakunmi deb o'ylashdi. Ammo u biz uchun muhim futbolchi. Aguero jahonning eng yaxshi hujumchilaridan ekanligini isbotladi. U kichkina, biroq tezkor. Serxioni to'xtatish qiyin" - deydi Ture.

Joriy mavsumda Serxio Aguero "Manchester Siti" safida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FourFourTwo