Turan: "Real"ga qarshi o'yinda meni chetlatishgan edi, Karvaxalga esa boshqa qoidalarni qo'llashdimi?

Aslanov Jasurbek
6 may 2015, 11:10
"Atletiko" yarim himoyachisi Arda Turanning takidlashicha, "Yuventus" - "Real" (2:1) o'yinida bosh hakam Martin Atkinson mehmonlar himoyachisi Daniel Karvaxalga qizil kartochka ko'rsatishi kerak edi.

"Real" bilan o'yinda hakam ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatganini eslayman. Bu yerda esa hakam Karvaxalga boshqa qoidalarni qo'lladimi?" - deb yozadi Turan "Tvitter"da.

Eslatib o'tamiz, Karvaxal o'yin davomida bir necha marta qoida buzdi. Uchrashuvning 56 daqiqasida ispaniyalik o'z jarima maydonchasi ichida "Yuventus" hujumchisi Karlo Tevesni to'xtatib qoldi. Hakam penalti belgiladi, ammo qoidabuzar jazosiz qoldi. Bahsning 75 daqiqasida Karvaxal Alvaro Morataga nisbatan qoida buzdi va sariq kartochka bilan jazolandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com