Turan "Atletiko"ga qaytishi mumkin

Alisher
25 may 2022, 13:32
Turkiya terma jamoasi va Madridning "Atletiko" klubi sobiq futbolchisi Arda Turan o'zini murabbiylikda sinab ko'rmoqchi.

"Galatasaroy" o'yinchisi murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi.

Uning birinchi ish joyi aynan "Atletiko" bo'lishi mumkin. Madridliklar Turanni yoshlar jamoalaridan biriga murabbiy etib tayinlashga tayyor. Agar u o'zini yaxshi ko'rsatsa, lavozimi ko'tarilishi mumkin.

Arda madridliklar safida 2011-2015 yillarda davom harakat qilgan. Uning "Galatasaroy" bilan shartnomasi kelasi oyning so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" afsonasi Fernando Torres hozirda jamoaning U-19 jamoasini boshqarmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo