Tur murabbiyi - Sergey Lushan

Narzulla Saydullayev
14 apr 2018
Superliganing 6-tur doirasida Jizzaxda kechgan "So'g'diyona" - "Navbahor" uchrashuvida mezbonlar mavsumdagi dastlabki g'alabani rasmiylashtirishdi.

"So'g'diyona" qator muvaffaqiyatsiz o'yinlar seriyasidan keyin Aleksandr Mochinovni iste'foga chiqardi. Uning o'rniga rulga o'tirgan Sergey Lushan debyut uchrashuvidayoq muhim g'alabani qo'lga kiritdi. "Navbahor"ga qarshi bahsda 2:0 hisobida ortda qolib, yakunda super "kambek"ni amalga oshirdi. Sergey Lushan "So'g'diyona" bosh murabbiyi sifatida ilk bellashuvda irodali g'alabaga erishdi.

Shu boisda ham Sergey Lushan tur murabbiyi deya etirof etildi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia