

“Mana uchinchi o'yinki, o'yin so'nggida gol o'tkazib yuboryapmiz. Alamli holat, bu qandaydir shum qismatga o'xshaydi. Faoliyatimda bunday holat birinchi marta bo'lishi. Jamoa bilan yuz berishi mumkin bo'lgan eng yomon narsalar sodir bo'lmoqda. Yigitlarning mehnati uchun juda achindim, ular bugun juda katta ish miqdorda mehnat qilishdi. Taxminan 80-daqiqalargacha biz ko'rmoqchi bo'lgan "Andijon"ning prototipini, 2026-yilgi mavsumda shakllanishi kerak bo'lgan jamoani ko'rdik. Jamoa agressiv, hujumkor futbol o'ynashi kerak. Albatta, ikkinchi bo'lim boshida raqibni “engib” o'tishimiz kerak edi. Ko'rganimizdek, ular bizning o'yimizni to'xtatish uchun vaqtni cho'za boshlashdi, simulyaciyalar ko'payib ketdi.
Afsuski, oxirigacha bosim qila olmadik. O'yin so'nggida bunday gol o'tkazib yuborish juda alamli. Burchak zarbasining o'zi ham yo'q joydan paydo bo'ldi. Yana koncentraciyani yo'qotdik. "Qizilqum" bilan o'yinda ham burchak zarbasi paytida koncentraciyani yo'qotgan edik.
O'tgan safar "Nasaf" bilan o'yinda esa tezkor hujumda... Biz bu borada juda ko'p ishlayapmiz, muhokama qilyapmiz. Afsuski, hozircha koncentraciyani birinchi daqiqadan oxirgi daqiqagacha ushlab turishning echimini topa olmayapmiz. Yigitlar va muxlislar uchun juda afsusdaman. Viloyat rahbariyatining ishonchini oqlay olmayapmiz.
Vaziyatdan qanday chiqish mumkin? Shubhasiz, bu jamoa bundan ortig'iga loyiq. O'ylaymanki, vaziyatni o'nglash uchun barcha imkoniyatlar bor, hammasi o'z qo'limizda. Rahbariyat bilan gaplashamiz, bu vaziyatdan qanday chiqish haqida o'ylab ko'ramiz”, - dedi Samvel Babayan uchrashuv yakunlangach.
- Oston Urunov bilan bog'liq holat haqida gapirib o'tsangiz? U jamoaga qachon qo'shiladi?
- Bugun ulgura olmadik. Yaqin kunlarda, keyingi o'yingacha vaziyat qanday rivojlanishini kuzatamiz. Futbolchilar ham, Eron klubi ham futbolchining bugun maydonda bo'lishi uchun deyarli hamma ishni qildi. Ma'lum bir tashkiliy tartib-qoidalar bor, ikki federatsiya va FIFA bilan kelishish kerak.
- Erondagi klubning poziciyasi qanday? Qo'yib yuborishga tayyormi?
- Klub yon bosmoqda va Ostonning mundialga tayyorlanishi kerakligini tushunib turibdi.

- Jamoa tarkibidagi futbolchilarning darajasi yuqori. Lekin shunga qaramay hujumda imkoniyatlar yaratilmayapti. Bunga sabab nimada?
- Taxminan 70-daqiqagacha yigitlar ijrosida agressiv, vertikal futbol ko'rdingiz. Shundan so'ng biz o'yinni kuchaytirmoqchi bo'ldik. Mana uchinchi marta o'yinni kuchaytirishga harakat qilyapmiz va barcha o'zgarishlar o'yinda g'alaba qozonishga qaratilgan. Bizni durang qoniqtirmaydi, biz o'yinlarda yutishni istaymiz. Afsuski, natija butunlay teskari bo'lib chiqyapti. "Nasaf" bilan o'yinda ham, "Qizilqum" bilan o'yinda ham shunday bo'lgandi, bugun ham bor fikrimiz muxlislarni xursand qilish edi.
Aniq aytish mumkinki, Andijonda hamma ham bosim ostida o'ynay olmaydi. Tushunyapsizmi, har kim ham bosimga bardosh bera olmaydi. Bugun yaqqol ko'rindi: ular avvalgi klublarida o'ynagan, gollar urgan, ammo bu erga kelib negadir "yo'qolib" qolishmoqda.
Balki vaqt kerakdir, balki qandaydir psixologik jihatlari bordir, lekin ochig'ini aytganda, hozircha biz olgan futbolchilarning hammasidan ham ko'nglimiz to'lmayapti. Biz ularning salohiyatini bilamiz, ularni chempionatimizga moslashgan, yaxshi o'yin ko'rsatgani uchun tarkibga jalb qilganmiz. Biroq hozircha buni ko'rmayapmiz. Bugun nimadir yetishmadi, balki jangovar ruh yetishmagandir. Bu haqda gaplashgan edik. Ismonaliev bugun maydonga tushdi. Haatolar bo'ldi, lekin u kurashdi, jamoaning hujumdagi harakati uchun qo'lidan kelgan hamma ishni qildi. Bizga aynan shunday “dux” kerak. Balki moslashish uchun vaqt kerakdir, ko'ramiz.
- Mavsum boshida hokim jamoa oldiga chempionlik vazifasini qo'ygandi. Olti turdan so'ng esa bor-yo'g'i olti ochko to'plandi...
- Chempionlik vazifasini qo'yganmizmi? Yo'q, chempionlik haqida gap bo'lmagan. Hozir chempionlik uchun “fundament” tayyorlash kerak. Chempion bo'lish uchun ko'p ish qilishimiz kerak. Buning uchun nima qilish kerak? Bizda poydevor tayyorlash tajribasi bor. Lekin, afsuski, hozir bu haqda so'z yuritilmayapti. Hozirgi vazifa - zamonaviy futbol o'ynaydigan va o'z muxlislarini xursand qiladigan jamoa tuzish. Hozir oldimizda aynan shu vazifa turibdi.
“Neftchi”ga yutqazganimizda biz "B" rejasiga o'ta olmaganimiz uchun yutqazdik. Agar Boake gol urganida yoki birinchi bo'limda gol o'tkazib yubormaganimizda, balki hammasi boshqacha bo'lardi. Ammo, "B" rejasiga o'tib, hujumga berilib ketdik va tezkor qarshi hujumlarni o'tkazib yubordik. "Nasaf" va "Qizilqum"ga qarshi o'yinlarda bo'lgani kabi, bugun ham mag'lubiyatga loyiq emasdik.
Aynan shunday o'yinlarni tahlil qilib, oldinga intiladigan jamoa shakllansa kerak. O'yin sifati borasida chempionlik uchun kurashadigan jamoa bo'lishimizga hali ancha bor. Birinchi navbatda yaxshi jamoa tuzib olishimiz kerak.
- Mahalliy o'yinchilar G'ulomov, Azimov va Komilovlar nega o'rinbosarlar tarkibiga o'tkazildi?
- Kim kuchliroq bo'lsa, o'sha maydonga tushadi. Qaror adolatli qabul qilinadi. Biz uchun farqi yo'q, mahalliy yoki legioner. Kim kuchli bo'lsa, maydonga o'sha tushadi. Agar futbolchi bugun tarkibda o'ynashga haqli bo'lsa, demak, u mehnati bilan maydonga tushishga loyiq bo'lgan. Biz mahalliy yoki legioner deb ajratmaymiz. Biz bir jamoamiz.
- “Fundament” bo'lishi kerak deb aytib o'tdingiz. “Andijon”ga kelayotganda shu haqda hokim bilan gaplashganmidingiz? Yaxshi jamoa qurish bir necha mavsumlik ish...
- Bugun mag'lub bo'lgan bo'lsak-da, “Andijon” namoyish etishi kerak bo'lgan o'yin uslubini ko'rsata oldik. Bu o'yin uchun uyalishga hojat yo'q. Oxirida yana koncentraciyani yo'qotdik, oddiy vaziyatda burchak to'pi.
Infratuzilma va kelishuvlarimizga kelsak, rostini aytish kerak, klub faoliyatida ham ko'p narsa o'zgardi. Klub nafaqat jamoalar orasida, balki o'zi ham yetakchi bo'lishga loyiq. Bu borada ham juda katta ishlar qilinmoqda, yangi bosh direktor ham ishlamoqda.
Erondagi yigitlarimizni ro'yxatdan o'tkazish uchun eng yaqin kelgan klub bizmiz. Nega? Chunki bu klubning ishi. Hujjat almashish, muzokaralar va hokazo. Jumladan, mening vazifam ham jarayonning oldinga siljishiga yordam berish. Aslida, bu ishlarning hammasini tezroq qilish kerak, klub ham. Ochig'ini aytsam, rahbariyat va muxlislar oldida noqulay ahvoldaman. Ishlar bunday tus olayotgani juda alamli. Ishonch bo'lsa, to'liq vakolat berilsa, vaziyatni o'nglaymiz. Men esa o'z ishimni vijdonan bajaryapman. Bizda dam olish kunlari ham, bayramlar ham yo'q.
Biz o'z ishimizni qilyapmiz. Bilasizmi, menda birinchi marta bunday holat bo'lishi. Odatda mening jamoalarim so'nggi daqiqalarda hujumda g'alabani ilib ketar, o'yinlarni doim shu tarzda yakunlardi. Bugun esa, ko'rib turganingizdek, vaziyat teskari. Balki, hammasini boshdan kechirish kerakdir. Agar bardosh bera olsak, agar bundan keyin ham ishonch bo'lsa, demak, vaziyat o'nglanadi. Biz buning uchun qo'limizdan kelganini qilyapmiz.



