Transfermarkt: "Andijon" yangi legioner bilan yil oxirigacha shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2024, 13:03
"Andijon" klubi mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi "burgutlar" kecha o'rtoqlik uchrashuvida Pro liga ishtirokchisi "Aral" klubini 5:0 hisobida mag'lub etishdi. Mazkur bahsda qozog'istonlik Abinur Nurimbet maydonga tushib gol urdi.

Transfermarkt portaliga ko'ra, Abinur kecha 16 iyul kuni "Andijon" bilan 2024 yil oxiriga qadar shartnoma tuzgan.

Ma'lumot uchun, Abinur bunga qadar Qozog'istonda "Taraz" va "Ulitau", Belarusda "Energetik-BGU" va "Gomel" klublarida to'p tepgan. Transfermarkt portali uning transfer narxini 175 ming evroga baholamoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia