Rasman: Yevropada transfer oynasi yopildi!

Sherzod Nurmatov
1 sen 2021, 03:00
Yevropa top-ligalarining yozgi transfer oynasidagi so'nggi yurishlari amalga oshirib bo'lindi.

Shu tariqa, Yevropadagi yozgi transfer oynalari yopildi. Bu yoz bizga juda qaynoq transferlarni taqdim qildi! Kelishuvlarni transfer oynasi yopilguncha (Toshkent vaqti bilan 3:00) imzolagan klublar, ertaga ham bu bitimlarni e'lon qilishlari mumkin. Shunday ekan, ertaga ham bizni qaynoq transfer yangiliklari  kutib turibdi!

3:00. Rasman: Yevropada transfer oynasi yopildi!

2:40. "Tottenxem" Serj Ore bilan shartnomasini bekor qildi

2:30.   Rasman: Ektor Belerin "Betis" futbolchisi

0:50. "Barselona" Lyuk De Yongni o'z safiga qo'shib olishga yaqin

0:40.    Marsyal MYUdan ketishni istamadi

0:12.   Antuan Grizmann "Atletiko"ga qaytdi (Fabricio Romano)

23:15. "Real" Mbappe uchun 220 mln evro taklif qilgandi. Ammo...

22:35. "Barselona" Emersonni 25 mln evroga pulladi

22:26. Saul Niges "Chelsi"ga ijaraga berildi

22:08. "Barselona" yarim himoyachisi "Leyptsig"ga o'tdi

21:55. PSJ navbatdagi transferga qo'l urdi

21:41. Rasman: Kamavinga - "Real Madrid" futbolchisi

21:35. "Real" Auar transferi bo'yicha muzokara olib bormoqda

21:30. "Liverpul" himoyachisi Nataniel Fillips "qizillar" bilan shartnoma muddatini 2025 yilning 30 iyunigacha uzaytirdi

21:20. Rasmiy xabar: "Vest Xem" "Spartak" yarim himoyachisi Aleks Kralni 3,5 million evro evaziga mavsum so'ngiga qadar ijaraga oldi

21:15. "Yuventus" PSVning niderlandiyalik iqtidorini qo'lga kiritdi

21:10. Antuan Grizmann vakillari futbolchi bugun "Atletiko"ga qaytishi mumkinligini tasdiqlashdi. "Barselona" fransiyalik uchun 50 million evro so'ramoqda (L'Équipe)

21:00. "Manchester Yunayted" Jeymsni "Lids"ga sotdi

20:55. Rasman: "Arsenal" Ris Nelsonni "Feyenoord"ga bir yilga ijaraga berdi.

20:45. "Betis" "Barselona" transfer maqsadini ilib ketish arafasida

20:30. "Real Madrid" Kunde bilan shartnoma imzolashi mumkin (Fabricio Romano)

20:20. Rasman: Andre-Frank Zambo Angissa – "Napoli" a'zosi. "Fulxem" futbolchisi 2021/22 yilgi mavsum oxiriga qadar "Napoli"da ijarada o'ynaydi. "Napoli"da 15 million evro to'lab, sotib olish huquqi ham mavjud.

19:35. "Atletiko" PSJ bilan Pablo Sarabiya ijarasi borasida muzokara olib bormoqda (GFFN)

18:30. "Chelsi" "Atletiko" bilan Saulning transferi borasida kelisha olmayapti

18:15. PSJ va "Manchester Siti" "Sporting"ning 19 yoshli himoyachisi Nunu Mendeshga qiziqmoqda. Portugaliya klubi o'yinchi uchun kamida 40 million evro talab qilmoqda (A Bola)

17:45. Mauro Ikardi PSJda qoladi. Fransiya klubi "Yuventus"ning taklifini rad qildi (Foot Mercato)

17:20. Fabricio Romanoga ko'ra, "Arsenal" "Bolonya" himoyachisi Takexiro Tomiyasu bilan 5 yillik bitim tuzishga kelishib oldi

17:00. "Brayton" Kukurelyani sotib oldi va u bilan 5 yillik shartnoma tuzdi.

16:30. "Liverpul" Xenderson bilan shartnomasini 2025 yilga qadar uzaytirdi

14:50. "RB Leyptsig" yarim himoyachisi Ademola Lukman "Lester"ga o'tishga yaqin. Gap bir yillik ijara haqida bormoqda.

13:42. "Manchester Yunayted" Ronaldu qaytganini e'lon qildi!

12:47. "Yuventus" Moyze Kinni ikki yilga ijaraga oldi 

- Assalomu alaykum, qadrli kuzatuvchilar! Xabaringiz bor, bugun, 31 avgust kuni Yevropa top-ligalarida transfer oynasi yopiladi. Mazkur qiziqarli jarayonni biz bilan birgalikda kuzatib boring. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia