Rasman: Kamavinga - "Real Madrid" futbolchisi

Sherzod Nurmatov
31 avg 2021
Madridning "Real" klubi matbuot xizmati Eduardo Kamavinga transferini e'lon qildi.

Yarim himoyachi 31 million va bonuslar (umumiy 40 million evro) evaziga "Renn"dan "Real Madrid"ga o'tdi. 

18 yoshli iqtidor egasi bilan 2027 yilning iyunigacha shartnoma tuzildi. 

Eduardo "Manchester Yunayted" va PSJ variantlarini rad etdi va ispan klubiga o'tishni afzal ko'rdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com