"Real" Auar transferi bo'yicha muzokara olib bormoqda

Sherzod Nurmatov
31 avg 2021, 21:35
Madridning "Real" klubi transfer oynasi so'nggi kunida yana bir fransiyalik yarim himoyachi bilan shartnoma tuzishi mumkin.

Xabarlarga qaraganda, hozir "qirollik klubi" "Lion" bilan Ussem Auar transferi borasida muzokara o'tkazmoqda.

Manbaga ko'ra, transfer summasi taxminan 30-35 million evroga baholanmoqda. Tomonlar kelishuvga erishishga yaqin.

Oldinroq "Real" Kamavinga transferini hal qilgani haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RadioEstadio