Tramp Eron vakillarining JCH qur'asida qatnashishiga to'sqinlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
3 okt 2025, 12:44
AQSH prezidenti Donald Trampning xatti-harakatlari FIFA rasmiylari uchun katta bosh og'rig'iga sabab bo'lmoqda.

Birinchidan, uning Isroilni turnirlardan chetlashtirishga qarshi qatiy poziciyasi, endi esa Eron bilan shaxsiy hisob-kitoblari.

Eron futbol federatsiyasi matbuot kotibi Amir Mehdi Alavining so'zlariga ko'ra, 5 dekabr kuni Vashingtonda bo'lib o'tadigan 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichiga qur'a tashlash marosimi uchun federatsiyaning etti nafar vakili, jumladan, Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj, milliy terma jamoa bosh murabbiyi Amir G'alenoi AQSHga kirish vizasidan mahrum qilingan.

Ekspertlarning fikricha, futbolchilar va murabbiylar shtabi mundialning o'zi uchun viza olishda muammo bo'lmasligi kerak, ammo rasmiylar, jurnalistlar va eng muhimi, muxlislarning mamlakatga kirishi taqiqlanishi mumkin. Shuning uchun Eron federatsiyasi Kanada va Meksikada o'yinlar o'tkazishga umid qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports