"Traktorsozi" futbolchilari Kirmonshoh shahrida hujumga uchradi

Оқил Абдубарноев
27 fev 2024, 22:55
Eronning "Traktorsozi" klubi a'zolari stadionga kiraverishda noma'lum shaxslar tomonidan shafqatsizlarcha hujumga uchradi.

Taxminan 12 kishi turli sovuq qurollar bilan stadionga kirish qismida futbolchilarga tashlangan va o'yinchilarni kaltkalab, ularning shaxsiy buyumlari, libos va poyabzallarini o'g'irlab, qochib ketishgan.

Buning oqibatida 4 nafar futbolchi tezyordam mashinasida kasalxonaga yotqizilgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: PANA