"Trabzonspor" oltita o'yinni tomoshabinlarsiz o'tkazadi

Aziz Tukhtamuradov
14 mar 2014, 09:48
"Trabzonspor" jamoasi muxlislar tartibsizligi sabab federatsiya tomonidan jazolandi.
Turkiya futbol federatsiyasi axloq qo'mitasining qaroriga binoan "Trabzonspor" jamoasi o'z maydonidagi oltita o'yinni tomoshabinlarsiz o'tkazadi. Bunga sabab mamlakat chempionati 24-tur doirasida "Fenerbaxche"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindagi muxlislar tartibsizligi bo'ldi, deb xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

Qoldirilgan o'yin taqdiri esa shu hafta yakunida hal etiladi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net