Totti yaqin kunlarda “Roma” bilan shartnomani uzaytiradi

Tolibjon Qosimov
12 avg 2013, 15:31
“Roma” klubi sardori yaqin kunlar ichida klub bilan shartnomani uzaytiradi Rim klubi prezidenti Jeyms Pallotta, futbolchi tez kunda yangi shartnoma tuzishini e'lon qildi.

Lekin hali shartnoma muddati sirligicha qolmoqda – klub futbolchi bilan yoki 2 yillik shartnoma tuzadi yoki 1+1 kurinishidagi shartnoma imzolaydi.


Futbolchining vakillari yaqin kunlar ichida shartnoma bo'yicha bir qarorga keladilar.

Eslatib o'tamiz, Tottining “Roma” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2014 yilning yoziga qadar davom etadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru