Totti Dibala haqida: "Qolganlardan ustun bo'lgan fenomen. Paulo buni gollari va o'yinlari bilan isbotlayapti"

Sherzod Nurmatov
19 yanv 2023, 11:50
"Roma" sobiq sardori Franchesko Totti hujumchi Paulo Dibalani maqtadi.

"Dibala qolganlardan ustun turadigan fenomen, chunki u har doim o'z qadr-qimmatini isbotlaydi.

Uning "Roma"ga kelganidan xursandman, u bunga loyiq va shaharda shunday saviyadagi futbolchi borligi yaxshi. Agar futbolchi boshqalardan biroz farq qilsa, buni his qilasiz. U buni o'z o'yini, gollari bilan isbotlab turibdi. Biz uning "Roma"da ekanligidan shodmiz, uning o'yinidan zavqlanyapmiz. Uni qo'llab-quvvatlashda davom etamiz", – dedi Totti.

Argentinalik futbolchi joriy mavsum A Seriyada 12 ta uchrashuvda 7 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Сalciomercato