"Tottenxem" "Vest Xem" futbolchisini 55 mln funtga sotib olmoqda, u klub tarixidagi eng qimmat transferlardan biriga aylanadi

Mirjalol Normatov
9 iyul 2025, 22:40
"Tottenxem" "Vest Xem" bilan Muhammad Kudus borasida kelishuvga erishdi.

Unga ko'ra, futbolchi 55 mln evro evaziga "Tottenxem"ga o'tadi. Gana termasi futbolchi yangi klubi bilan 6 yillik shartnoma imzolaydi. U payshanba kuni yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Yakunlangan mavsumda Kudus APLning 32 o'yinida qatnashib, 5 gol va 3 assist qayd etdi.

Shunday bo'lgan taqdirda Kudus "Tottenxem" uchun eng qimmat futbolchilardan biriga aylanadi va reytingda 2-o'rinni egallaydi. "Shporlar"ning hozirgacha eng qimmat transferi Dominik Solanke bo'lib turibdi. U 55,4 mln funt evaziga "Bornmut"dan transfer qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano