"Tottenxem" va "Chelsi" futbolchilari o'rtasidagi mojaroning sababchisi Fabregas ekan

Aslanov Jasurbek
4 may 2016, 11:26
APLning 36-turidan o'rin olgan "Chelsi" - "Tottenxem" uchrashuvi (2:2) yakunlanganidan so'ng, ikki jamoa futbolchilari o'rtasida dahanaki jang boshlanib ketishiga bir bahya qoldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu mojaroning sababchisi "Tottenxem"ning bazi futbolchi va xodimlariga zarba bergan ko'klar yarim himoyachisi Sesk Fabrgeas bo'lgan.

Jamoalar o'rtasida to'qnashuv boshlanayotganda "Chelsi" ustozi Gus Xiddink o'yinchilarni tinchlantirishga urindi.

Angliya futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo'mitasining qarori qanday bo'lishi noma'lum.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph