“Tottenxem” va “Arsenal” 13 yil oldingi ishini takrorladi

Angliya liga kubogining 1/16 finali bosqichida “Tottenxem” “Kristal Pelas”ga 0:2 hisobida yutqazib, musobaqani tark etdi.

Avvalroq Londonning boshqa klubi “Arsenal” xuddi shu bosqichda “Manchester Yunayted”da 1:3 hisobida mag'lub bo'lib, musobaqadan chiqib ketgandi.

Ikkala London klubi bundan 13 yil oldin, 2005/06 yilgi mavsumda ham 1/8 finalga chiqa olmaslik holatiga duch kelgandi.

APLda esa 23 turdan so'ng“Tottenxem” 3-o'rinda borayotgan bo'lsa, “Arsenal” 5-pog'onani band etib turibdi.


Manba: Gracenote Live