"Tottenxem" rahbariyati Nunu Eshpiritu Santuning ishidan norozi va murabbiyni noyabrda iste'foga chiqarilishi mumkin

Alisher
31 okt 2021, 11:30
"Tottenxem" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santuning ishidan norozi.

"Vitess"ga qarshi Konferenciyalar Ligasi (4 noyabr) va "Everton" (7 noyabr)ga qarshi APL doirasidagi o'yinlar 47 yoshli portugaliyalik uchun hal qiluvchi bo'lishi mumkin.

Agar "shporlar" bu o'yinlarni muvaffaqiyatsiz o'tkazishsa, murabbiy o'z lavozimidan ozod etiladi.

Nunu Eshpiritu Santu "Tottenxem"ni 2021 yilning yozidan beri boshqarmoqda. Jamoa murabbiy qo'l ostida so'nggi 4ta o'yinning 3tasida mag'lub bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira