"Tottenxem" qiziqayotgan Lo Chelsoning narxi ma'lum! Qiziqarlisi, u mazkur summaga arziydimi?

15 iyun 2019, 21:00
"Betis" rahbariyati Jovani Lo Chelsoning "sovchilariga" argentinalik yarim himoyachining narxini e'lon qildi.

Ispaniya klubi 23 yoshli xavbekni 70 million funt (78.6 mln. evro)dan kamiga sotmoqchi emas.  Lo Chelso esa "Tottenxem" klubiga o'tishni xohlamoqda. Sky Sport nashrining ma'lum qilishicha, "Betis" londonliklardan keladigan 70 millionlik taklifni qabul qilishi mumkin. 

O'tgan mavsum Lo Chelso LaLiganing 32 o'yinida maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 6 ta golga hammuallif bo'ldi. 


O'xshash yangiliklar


Manba: skysports.com