"Tottenxem" "Portu" vingeri Luis Dias uchun 45 mln evro taklif qildi

Alisher
26 yanv 2022, 14:57
"Portu" vingeri Luis Dias Marulanda "Tottenxem"ga o'tishi mumkin.

Jurnalist Pedro Sepulvedaning ma'lumotiga ko'ra, London klubi portugaliyalikning transferi uchun 45 million evro taklif qildi.

Taklif o'z ichiga ma'lum shartlar evaziga faollashadigan bonuslarni oladi.

"Shporlar" "Portu"ga qaror qabul qilish uchun 48 soat vaqt berdi.

25 yoshli o'yinchi joriy mavsum Portugaliya chempionati doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/pedromsepulveda