

"Tottenxem" Angliya kubogining 1/8 finali doirasida safarda "Sheffild"ga 0:1 hisobida yutqazib qo'yishdi.
"Bunday o'yinlarda g'alaba qozona olmasang, demak nimalardir ideal bo'lmagan. Bugun bizga raqibni qiyin vaziyatga solib qo'ya oladigan energiya yetishmadi.
Gol urish uchun vaziyatlarimiz bo'ldi, ammo endi o'tkazib yuborilgan golni tahlil qilib o'tirishimizga to'g'ri keladi.
O'zgartirishlar qo'shimcha impuls berdi, ammo biz ko'p narsani kuchaytirishimiz kerak Bunday o'yin uchun muxlislardan faqatgina uzr so'ray olaman, ular eng yaxshisiga loyiqlar", - dedi Stellini.



