

"Express" xabariga ko'ra, "shporlar" rahbariyati qishda Antoni Marsyalni Tangi Ndombelega almashtirishni taklif qilgan. Qishda fransiyalik futbolchilar jamoalarini almashishi kutilmoqda. Yozgi transferlar oynasi vaqtida MYU Ndombeleni Pol Pogbaning o'rniga olib kelishni istagandi. Ammo futbolchi jamoadan kyetmaydigan bo'ldi.
Marsyalning bozor narxi 45 million evroni tashkil qilsa, Ndombelening narxi 50 million evroga teng.



