"Tottenxem" Keynni saqlab olish uchun har qanday ishga tayyor

Оқил Абдубарноев
20 apr 2022, 22:25
Londonning "Tottenxem" klubi o'z tarixidagi eng yaxshi to'purar Xarri Keyn bilan xayrlashmoqchi emas.

Fabricio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, "shporlar" ingliz futbolchisini jamoada saqlab qolish uchun har qanday imkoniyatni ishga solishga tayyor.

Manbaning xabariga ko'ra, Keynni saqlab qolish "Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Kontening asosiy talabi bo'lib, u kelgusi mavsumlarda klubning yetakchilik ambiciyalarini kuchaytirishga bel bog'lagan. Aynan Konte va sport direktori Fabio Paratichi tufayli Keyn klubning rejalariga amin bo'la boshladi.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" so'nggi 5 o'yinda 4 ta g'alabaga erishdi. Unda "shporlar" 14 ta gol urib, o'z darvozasidan atigi 3 ta gol o'tkazib yuborgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano